sBook ilovasidan foydalanish qoidalari: akkauntingizga nima taalluqli, jamoa ishi qanday tashkil etilgan, nima taqiqlanadi va tomonlar nimaga javob beradi.
1.1 Ushbu Foydalanish shartlari (keyingi o'rinlarda — «Shartlar») sBook mobil ilovasi va u bilan bog'liq xizmatlardan foydalanish qoidalarini belgilaydi.
1.2 Ilovada ro'yxatdan o'tish yoki undan foydalanish orqali siz ushbu Shartlarni, shuningdek Ommaviy oferta, Maxfiylik siyosati va To'lovni qaytarish siyosatini to'liq qabul qilasiz.
1.3 Shartlarga rozi bo'lmasangiz, ilovadan foydalanmang.
1.4 Ilovadan foydalanish uchun kamida 18 yoshda bo'lishingiz va muomala layoqatiga ega bo'lishingiz kerak.
2.1 sBook — kichik va o'rta biznes uchun mo'ljallangan hisob-kitob yuritish ilovasi. U daromad va xarajat yozuvlari, qarzlar, ombor, vazifalar, eslatmalar va tahlilni bitta joyda yuritish imkonini beradi.
2.2 Ilova Android va iOS (13.0 va undan yuqori) qurilmalari uchun taqdim etiladi. Veb-versiya mavjud emas.
2.3 Ilova interfeysi o'zbek, rus va ingliz tillarida mavjud.
sBook rasmiy buxgalteriya dasturi, soliq hisoboti tizimi, bank yoki moliyaviy maslahat xizmati emas. U — sizning ichki hisobingizni yuritish uchun yordamchi vosita. Davlat organlariga taqdim etiladigan hisobotlar uchun javobgarlik to'liq sizning zimmangizda.
3.1 Akkaunt telefon raqamingizga bog'lanadi. Bitta raqamga bitta akkaunt to'g'ri keladi.
3.2 Ilovada parol yo'q. Har bir kirish telefon raqamingizga yuboriladigan 6 xonali SMS kod bilan tasdiqlanadi. Kodni qayta so'rash 60 soniyadan keyin mumkin.
3.3 Ro'yxatdan o'tishda haqiqiy ism, familiya va o'zingizga tegishli telefon raqamini kiritishingiz shart.
3.4 SMS kodni hech kimga aytmang. Akkauntingizdan amalga oshirilgan barcha harakatlar sizning harakatingiz deb hisoblanadi.
3.5 Telefon raqamini ilova sozlamalari orqali o'zgartirish mumkin — yangi raqam ham SMS kod bilan tasdiqlanadi.
3.6 Akkauntdan bir vaqtning o'zida bir nechta qurilmada foydalanish mumkin. Ma'lumotlar server orqali sinxronlanadi.
3.7 Akkauntingiz xavfsizligini oshirish uchun ilovadagi ilova qulfini (4 xonali PIN yoki biometrik himoya) yoqishingizni tavsiya qilamiz. Ilova qulfi — qurilmangizni qo'liga olgan tasodifiy shaxsdan himoyalaydigan qulaylik chorasi; u qurilmaning o'z qulfi yoki shifrlash tizimining o'rnini bosmaydi va maqsadli hujumdan mutlaq himoya sifatida qaralmasligi kerak.
3.8 Umumiy qurilma. Tizimdan chiqqaningizdan keyin ham qurilmada ismingiz, telefon raqamingiz, ilova qulfi sozlamasi va saqlangan karta yozuvi (oxirgi 4 raqam) qolishi mumkin. Boshqa shaxs foydalanadigan telefonda ilovadan foydalangan bo'lsangiz, ilovani qurilmadan o'chirib tashlang.
3.9 Akkauntingiz ruxsatsiz ishlatilayotganini sezsangiz, darhol +998 90 000 75 01 raqamiga xabar bering.
4.1Ilovadan foydalanganda quyidagilar taqiqlanadi:
4.2 Ushbu bandning buzilishi akkauntning ogohlantirishsiz bloklanishiga olib keladi. Bunday holatda to'langan pul qaytarilmaydi.
5.1 Ilovaga kiritilgan barcha ma'lumotlar — yozuvlar, qarzlar, ombor, vazifalar, eslatmalar, kategoriyalar, rasmlar — sizga tegishli. Biz ularga egalik huquqiga da'vo qilmaymiz.
5.2 Biz ushbu ma'lumotlarni faqat sizga xizmat ko'rsatish uchun — saqlash, ko'rsatish, sinxronlash, hisob-kitob qilish, zaxira nusxalash — zarur bo'lgan hajmda qayta ishlaymiz.
5.3 Biz sizning ma'lumotlaringizni reklama, marketing yoki uchinchi shaxslarga sotish maqsadida ishlatmaymiz.
5.4 Kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligi, to'liqligi va qonuniyligi uchun javobgarlik sizning zimmangizda.
5.5 Boshqa shaxs (mijoz, qarzdor, hodim) haqidagi ma'lumotni kiritsangiz, buning qonuniy asosini ta'minlash sizning majburiyatingiz — Maxfiylik siyosati, 14-bo'lim.
5.6 Ma'lumotlaringizni istalgan vaqtda Excel formatida yuklab olishingiz mumkin.
6.1 Bitta akkaunt ostida bir nechta biznes yuritish mumkin. Har bir biznes alohida hisob birligi bo'lib, ma'lumotlari boshqalardan ajratilgan.
6.2 Ilovada ikkita rol mavjud:
| Rol | Huquqlari |
|---|---|
| Egasi (owner) | Barcha ma'lumotlarni ko'rish va o'zgartirish; qo'shilish so'rovlarini tasdiqlash yoki rad etish; a'zolarni chiqarish; biznes nomini va logotipini o'zgartirish; biznesni o'chirish; muddati o'tgan yozuvlarni tahrirlash |
| A'zo (member) | Barcha ma'lumotlarni ko'rish, yangi yozuv qo'shish va tahrirlash; biznesdan o'z xohishi bilan chiqish |
6.3
Biznesga qo'shilish uning 8 belgili identifikatori orqali amalga
oshiriladi (masalan, sb279275). Foydalanuvchi so'rov yuboradi, biznes egasi
uni tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Biznesga qabul qilingan a'zo o'sha biznesning barcha ma'lumotlarini ko'radi va o'zgartira oladi. Har bir a'zo uchun alohida cheklov mavjud emas. Biznes identifikatoringizni faqat ishonchli shaxslarga bering.
6.4 Qo'shilish so'rovini yuborganingizda biznes egasi sizning ismingiz va telefon raqamingizni ko'radi — hatto so'rovni rad etsa ham. Shu sababli so'rovni faqat siz bilgan va ishonadigan biznes identifikatoriga yuboring.
6.5 Ilovadagi identifikator bo'yicha qidiruv biznes haqiqatda mavjudligini tekshirmaydi — u faqat kiritilgan belgilar formatga mos kelishini ko'rsatadi. Biznes egasi har bir so'rovni tasdiqlashdan oldin so'rov yuboruvchini mustaqil tekshirishi shart.
6.6 Har bir yozuv yonida uni kim qo'shgani ko'rsatiladi va bu barcha a'zolarga ko'rinadi.
6.7 A'zo biznesdan chiqarilganda yoki o'zi chiqib ketganda, u kiritgan yozuvlar biznesda qoladi.
6.8 Biznesni o'chirish qaytarib bo'lmaydigan amaldir. Biznes bilan birga uning barcha yozuvlari, qarzlari, ombori, vazifalari va eslatmalari butunlay yo'qoladi. O'chirishdan oldin Excel eksport qilib oling.
7.1 Internet talab qilinadi. Ilova ma'lumotlarni serverda saqlaydi; internetsiz yangi yozuv qo'shish, tahrirlash va ma'lumotlarni yuklash mumkin emas. To'liq offline rejim qo'llab-quvvatlanmaydi. Internet uzilgan paytda kiritilgan ma'lumotlar navbatga qo'yilmaydi va keyinroq avtomatik yuborilmaydi — shu sababli har bir amaldan keyin natija ekranda aks etganiga ishonch hosil qiling.
7.2 Yozuvni tahrirlash muddati. Daromad yoki xarajat yozuvini yaratilganidan keyin 24 soat ichida biznesning istalgan a'zosi tahrirlashi yoki o'chirishi mumkin. Bu muddat o'tgach yozuvni faqat biznes egasi o'zgartira oladi. Bu chora hisobning ishonchliligini ta'minlash uchun qo'llanilgan.
7.3 Tahrirlash tarixi saqlanmaydi. Yozuv tahrirlanganda eski nusxa saqlanmaydi — ilova o'zgarishlar jurnalini (audit tarixini) yuritmaydi. Shu sababli ilova ma'lumotlari rasmiy buxgalteriya hujjati o'rnini bosa olmaydi (2.3-band).
7.4 Valyuta kurslari. Ilovadagi kurslar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida taqdim etiladi va ma'lumot xarakteriga ega. Ular rasmiy hisob-kitob uchun asos bo'la olmaydi. Kurslarni ko'rish uchun internet zarur. Kursni yuklab bo'lmagan holatda Tahlil bo'limidagi umumiy hisob taxminiy qiymat asosida ko'rsatilishi mumkin — bunday raqamdan rasmiy hisob-kitobda foydalanmang.
7.5 Excel eksport. Fayl qurilmangizda yaratiladi va uni faqat siz tanlagan ilovaga uzatiladi. Biz eksport faylini serverga yuklamaymiz, saqlamaymiz va kimgadir yubormaymiz.
7.6 Bildirishnomalar. Push bildirishnomalar Google va Apple infratuzilmasi orqali yetkaziladi. Ularning o'z vaqtida yetib borishi kafolatlanmaydi.
7.7 Texnik ishlar. Xizmat profilaktika uchun vaqtincha to'xtatilishi mumkin. Rejalashtirilgan ishlar haqida imkon qadar oldindan xabar beriladi.
8.1 Har bir yangi akkauntga 30 kunlik bepul sinov davri beriladi.
8.2 Sinov davri yoki obuna tugagach: Qarzlar, Vazifalar va Tahlil bo'limlari yopiladi; Bosh sahifa ochiq qoladi, lekin yangi yozuv qo'shish va tahrirlash bloklanadi.
8.3 Ma'lumotlaringiz o'chirilmaydi. Obuna yangilangan zahoti hammasi joyida bo'ladi.
8.4 To'lov UZCARD yoki HUMO kartasi orqali, Payme to'lov tizimi vositasida amalga oshiriladi. Avtomatik uzaytirish qo'llanilmaydi.
8.5 Batafsil shartlar: Ommaviy oferta va To'lovni qaytarish siyosati.
9.1 sBook nomi, logotipi, dizayni, interfeysi, dastur kodi va barcha tarkibiy qismlariga bo'lgan mutlaq huquqlar Ijrochiga tegishli.
9.2 Sizga faqat ilovadan shaxsiy yoki biznes maqsadlarida foydalanishning oddiy (mutlaq bo'lmagan), qaytarib olinishi mumkin bo'lgan huquqi beriladi.
9.3 Ilova nusxasini yaratish, tarqatish, sotish, o'zgartirish yoki uning asosida hosila mahsulot ishlab chiqish taqiqlanadi.
9.4 sBook nomi va logotipidan reklama yoki tijorat maqsadida foydalanish uchun yozma ruxsat talab etiladi.
10.1 Xizmat «mavjud holicha» (as is) taqdim etiladi.
10.2 Biz quyidagilarni kafolatlamaymiz:
10.3 Ilovadagi hisob-kitoblar siz kiritgan ma'lumotlarga asoslanadi. Kirish ma'lumotlari noto'g'ri bo'lsa, natija ham noto'g'ri bo'ladi.
10.4 Ushbu bo'lim qonunchilikda belgilangan iste'molchi huquqlarini cheklamaydi.
11.1 Biz quyidagilar uchun javobgar emasmiz:
11.2 Ijrochining har qanday holatdagi umumiy moddiy javobgarligi Foydalanuvchi oxirgi 3 (uch) oy ichida to'lagan summa bilan cheklanadi.
11.3 Siz uchinchi shaxslar oldida yuzaga kelgan da'volardan (agar ular sizning Shartlarni buzishingiz natijasi bo'lsa) Ijrochini himoya qilish majburiyatini olasiz.
11.4 Tomonlar fors-major holatlari uchun javobgar emas.
12.1Biz quyidagi hollarda akkauntni cheklashimiz yoki bloklashimiz mumkin:
12.2 Jiddiy bo'lmagan qoidabuzarlikda avval ogohlantirish beriladi va bartaraf etish uchun muddat ajratiladi.
12.3 Qoidabuzarlik uchun bloklangan akkaunt bo'yicha to'langan pul qaytarilmaydi.
12.4 Bloklash qarori adolatsiz deb hisoblasangiz, murojaat qilishingiz mumkin — holat qayta ko'rib chiqiladi.
13.1 Ilovadan foydalanishni istalgan vaqtda to'xtatishingiz mumkin — buning uchun ruxsat talab etilmaydi.
13.2 Tizimdan chiqish ma'lumotlaringizni o'chirmaydi. Qaytib kirganingizda hammasi joyida bo'ladi.
13.3 Akkauntni va barcha ma'lumotlarni butunlay o'chirish uchun murojaat qiling — tartib Maxfiylik siyosati, 11-bo'limda bayon etilgan.
13.4 Akkaunt o'chirilgach ma'lumotlarni tiklash imkonsiz.
14.1 Biz ushbu Shartlarga bir tomonlama o'zgartirish kiritish huquqiga egamiz.
14.2 Amaldagi tahrir har doim sbook.uz saytida joylashtiriladi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova ichidagi bildirishnoma orqali xabar beriladi.
14.3 Yangi tahrir e'lon qilingandan keyin ilovadan foydalanishni davom ettirish — o'zgarishlarni qabul qilganlikni bildiradi.
14.4 Yangi shartlarga rozi bo'lmasangiz, ilovadan foydalanishni to'xtatishingiz kerak.
15.1 Ushbu Shartlarga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llaniladi.
15.2 Nizolar avvalo muzokara yo'li bilan hal qilinadi. Yozma da'vo 15 (o'n besh) ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
15.3 Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasining tegishli sudida ko'rib chiqiladi.
15.4 Shartlarning biror bandi haqiqiy emas deb topilsa, qolgan bandlar o'z kuchini saqlab qoladi.
15.5 Ushbu hujjatlar o'zbek tilida tuzilgan. Boshqa tilga tarjima qilinganda tafovut yuzaga kelsa, o'zbekcha matn ustuvor hisoblanadi.
15.6 Ushbu Shartlar, Ommaviy oferta, Maxfiylik siyosati va To'lovni qaytarish siyosati tomonlar o'rtasidagi yagona kelishuvni tashkil etadi.
Ushbu tahrir 10.09.2026 sanasidan kuchga kiradi.